Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an saylovlardagi g‘alabadan keyin kunu-tun ishlashga va'da berdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezident saylovlaridagi g‘alabasidan keyin Anqarada tarafdorlari namoyishida ularga kunu-tun ishlab, o‘z davlatini butun dunyoga o‘rnak qilishga va'da berdi.
“Men qaysi partiyaga ovozini berishidan qat'iy nazar, saylovlarga kelib, o‘z burchini ado etgan har bir fuqaroga minnatdorlik bildiraman. Barcha nomzodlar va ularning yordamchilariga ham minnatdorlik bildiraman. Biz xalqdan ko‘rsatma oldik va yaqin orada barcha kamchiliklarimizni to‘g‘rilaymiz. Prezident tizimiga o‘tishga tayyorgarlikni ko‘p jihatdan yakunladik. Vazirlar va mahkama bo‘yicha bir qarorga kelgach, kunu-tun ishlab, barcha majburiyatlarimizni bajarib, butun dunyoga o‘rnak bo‘lamiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Avvalroq OAVda Erdo‘g‘anning Istanbuldagi tarafdorlari namoyishi vaqtida bir bola Erdo‘g‘an qarorgohi oldidagi avtomobillar uchun avtomatik to‘siqda oyog‘i tiqilib qolgani ma'lum qilingandi.
“Men bu yerga ertaroq kelardim, biroq Istanbulda kichik bola bilan baxtsiz voqea yuz berdi. Men uni shifoxonaga ko‘rgani bordim va u haqda shifokorlar bilan gaplashgachgina Anqaraga yo‘l oldim. Hozir bolakay operatsiya qilinmoqda, u 7 yoshda. Uning sog‘ayib ketishi uchun duo qiling”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an shuningdek 2016 yilda mamlakatda yuz bergan davlat to‘ntaruviga urinish voqealarini ham eslab o‘tgan. “Biz Turkiyani tiz cho‘ktirmoqchi bo‘lganlarga qarshilik ko‘rsatdik. Anqara 16 iyulda bombardimon qilinganda siz shu yerda bo‘lgansiz. Biz birgalikda davlatni isyonchilar panjasidan qutqardik. Ular qayerga qochib ketdilar. Amerikaga. U yerdagi saylovlar natijalarini ko‘zda kechirmoqdaman. Aynan u yerdan muxolifatga ko‘p ovoz berilgan”, deb so‘zlarini davom ettirgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an saylovlarda demokratiya va xalq istagi g‘alaba qilganini qo‘shimcha qilgan. “Siz tarixni yozmoqdasiz, sizlardan minnatdorman”, deb o‘z so‘zlarini yakunlagan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an prezident saylovlarida 52,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning asosiy raqibi Muharram Injye 30,7 foiz ovoz to‘plagan.
Parlament saylovlarida Erdo‘g‘an yetakchilik qiluvchi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 42,2 foiz ovoz bilan g‘alaba qilgan. Bosh muxolif Xalq-respublika partiyasi esa 22,7 foiz ovoz tzplagan.
Parlamentga, shuningdek, kurdlarni qo‘llab-quvvatlovchi Xalqlar demokratiyasi partiyasi 11,5 foiz ovoz bilan o‘tgan.
Mavzuga oid
11:08 / 19.10.2019
OAV AQSh va Turkiyaning Suriya bo‘yicha muzokaralaridagi bosh masalani e'lon qildi
15:18 / 17.10.2019
«Ahmoqlik qilmang!» - Trampning Erdo‘g‘anga yozgan ogohlantirish xati oshkor bo‘ldi
18:35 / 15.10.2019
Foto: Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bokudagi norasmiy uchrashuvda
13:24 / 15.10.2019