Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasi xodimi Davut Gazi Benli Facebook'dagi sahifasida Özbekiston va Turkiya davlat rahbarlarining bugun, 15 oktabr kuni Bokudagi uçraşuvidan ba'zi suratlarni e'lon qildi.
Şavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdöğan Ozarboyjon poytaxtiga Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining yettinçi sammitida qatnaşiş uçun kelişgan.


Turkiyaning Toşkentdagi elçixonasi xodimi taqdim etgan suratlarda Mirziyoyev va Erdöğan quyuq salomlaşib, oçiq kayfiyatda suhbat qurayotgani, norasmiy davrada mezbon Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Vengriya boş vaziri Viktor Orban va Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jyeyenbekov ham borligini köriş mumkin.

Bundan oldin Şavkat Mirziyoyev Boku sammiti kun tartibidagi masalalar böyiça takliflarini bildirgani xabar qilingan edi.

















