Turkiya harbiylari Suriya hududiga kirgan kun – 9 oktyabrda AQŞ prezidenti Donald Tramp turklar yetakçisi Rajab Toyyib Erdöğanga ogohlantiriş xati yöllagani ma'lum böldi. Maktubda Tramp Erdöğanga «qaysarlik qilmaslik va ahmoq bölmaslik»ni maslahat bergan.

Rasmiy xatda diplomatik mulozamat va yumşoq jumlalar deyarli uçramaydi. Ma'lum bölişiça, Turkiya prezidenti amerikalik hamkasbining noodatiy tarzda qöpollik bilan bitgan rasmiy maktubini çiqindi qutisiga uloqtirgan.

«Keling, yaxşilikça kelişib olamiz. Siz minglab odamlarning qoni tökilişi uçun javobgar bölişni xohlamaysiz. Men ham Turkiya iqtisodining vayron bölişi uçun mas'ul bölgim yöq, ammo şunday qiliş qölimdan keladi. Buning qanday bölişini allaqaçon pastor Brenson işida misol tariqasida körsatganman», – deb yozgan Donald Tramp.

Foto: Jim Bourg / Reuters

(Amerikalik missioner Branson 2016 yilda Turkiyada josuslikda ayblanib qamalgan, 2018 yilda Tramp Anqaraga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qöllanişini e'lon qilgaç ozod etilgandi).

AQŞ prezidenti öz xatida kurd generali Mazlumdan maktub olgani, u Vaşingtondan Turkiya bilan muzokaralarda yordam söraganini ma'lum qilgan. Matnga köra, Tramp general Mazlumning xati nusxasini Erdöğanga ilova qilib yuborgan.

«Buni töğri va gumanitar tarzda amalga oşira olsangiz, tarix sizga ijobiy baho beradi. Agar oqibati yomonlikka olib kelsa, abadiy qonxör degan nomni olasiz. Aytganidan qolmaydigan qaysar yigit bölmang. Ahmoqlik qilmang! Keyinroq qönğiroq qilaman», – deya öz xatini yakunlagan Donald Tramp.

Maktubni dastlab Fox Business telekanali muxbiri tarqatdi, keyinroq Oq uy xatning haqiqiyligini tasdiqladi.

BBC manbalariga