Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MHP Erdo‘g‘an partiyasi bilan alyansining g‘alabasi haqida e'lon qildi
Turkiyada hukmron bo‘lgan Adolat va rivojlanish partiyasi hamda Milliy harakat partiyasi kirgan xalq alyansi mamlakatdagi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi. Bu haqda Milliy harakat partiyasi yetakchisi Davlat Baxcheli ma'lum qildi.
Xalq alyansi ovozlarning 99 foizi hisob-kitob qilingach, saylovlarda 53,6 foiz ovozni, yoki parlamentdagi 600 o‘rindan 340tasini qo‘lga kiritgani ma'lum bo‘lgan. Prezidentlik saylovlarida, ovozlarning 97 foizi hisob-kitob qilingach, Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an 52,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
"Bugun biz Xalq alyansi g‘alabasi haqida faxr va sharaf bilan gapirishimiz mumkin. Birinchi turda yakunlangan prezidentlik saylovlari inqirozni kutib turganlarga yaxshi javob bo‘ldi. Turkiya bugundan boshlab prezidentlik tizimiga rasman o‘tdi. Toyyib Erdo‘g‘an bu tizimning birinchi prezidenti etib saylandi. Bizni tiz cho‘ktirishmoqchi edi - o‘xshamadi. Ular milliy iroda bilan to‘qnash keldi. Partiyamiz tarixiy muvaffaqiyatga o‘z imzosini qo‘ydi. Biz majburiyatlarimiz bo‘lgan barcha narsani bajaramiz", - dedi Baxcheli Istanbuldagi mitingda chiqish qilib.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026