Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anni saylovlardagi g‘alaba bilan tabrikladi
24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejyep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.
Suhbat boshida Davlatimiz Rahbari Rejyep Tayyip Erdog‘anni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Turkiya ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi kunda yuqori sur'atlar bilan rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.
Prezidentlar, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli va ko‘p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Prezidentlari barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor qayd etishdi.
Mavzuga oid
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026