Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vaziri «o‘quvchilarning bosh kiyimi» yuzasidan paydo bo‘lgan muhokamalarga munosabat bildirdi
Foto: KUN.UZ
Lavozimida endigina 6 kun ish olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov tizimdagi kamchilik va istiqbolli rejalar haqida ma'lumot berib, OAV vakillari ishtirokida press-brifing o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Anjuman davomida Xalq ta'lim vazirligi tomonidan taklif etilgan qonun loyihasida nazarda tutilgan maktab formasi haqidagi savolga vazir quyidagicha javob berdi:
«Maktab formalari bo‘yicha joriy qilinayotgan loyihalarni ko‘pchilik faqat Xalq ta'limi vazirligiga yuklab qo‘ymoqda. Bu noto‘g‘ri. Birinchidan, bizda qonun hujjatlarini ishlab chiqadigan parlament, deputatlarimiz bor. Biz ijro etuvchi organning bir bo‘g‘ini sifatida ular qandaydir tartibni joriy qilsa, uni amalga tatbiq etishimiz mumkin».
Vazirning ta'kidlashicha, maktab formasi masalasini mamlakatda diniy-e'tiqod erkinligini cheklashga bo‘lgan harakat sifatida baholash juda noto‘g‘ri xulosa bo‘ladi. Sherzod Shermatov bu borada, avvalo, Konstitutsiya va belgilangan qonunlardagi normalarga amal qilinishini qat'iy bildirdi.
«Yana bir masala, bu tartiblar loyihasi ishlab chiqilayotganda, biz, jumladan, yangi tayinlangan hozirgi rahbariyat ishtirok etmaganmiz. Agar qandaydir o‘zgarishlar lozim, deb hisoblansa, bunda bevosita ishtirok etishimiz mumkin», - deb qo‘shimcha qilgan u.
Mavzuga oid
17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi
14:40 / 24.10.2024
“Ko‘proq ingliz tilida kontent qiling” – Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad olish uchun tavsiya berdi
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024