Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI: Turkiyaning ittifoqqa qo‘shilishi masalasi boshi berk ko‘chaga kirib qoldi
Yevroittifoq kengashining xabar qilishicha, Turkiya tomoni bilan tashkilotga a'zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Bu haqda ushbu masala bo‘yicha rezolyutsiyada aytilgan.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Turkiya tomoni Yevroittifoqdan tobora uzoqlashib boryapti. Qayd etilishicha, Turkiya va YeI o‘rtasida Bojxona ittifoqini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish hozirgi paytda nazarda tutilmagan.
«Shuning uchun Turkiyaning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi», - deyiladi rezolyutsiyada.
Hujjat matniga ko‘ra, YeI Turkiya tomonini mamlakatda kuzatilayotgan huquq va erkinliklar sohasidagi salbiy tendensiyalarga qarshi choralar ko‘rishga chaqirgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026