Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi
Foto: Pixabay
Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan 2018 yil 5 aprelga qadar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish maqsadida bo‘sh turgan yer uchastkalarini va bo‘sh turgan davlat mulki obektlarini bepul asosda olgan tadbirkorlar bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzishga ruxsat berildi.
O‘zbekiston Respublikasini Rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasiga 2018 yil 28 iyungacha bo‘lgan muddatda tadbirkorlarga 15 yil muddatga foizsiz asosda, shu jumladan, uch yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit berish uchun kredit liniyalari ochish to‘g‘risida bitimlar tuzish vazifasi yuklandi.
Bo‘sh turgan yer uchastkalarini va bo‘sh turgan davlat mulki obektlarini bepul asosda olgan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzmagan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
Mavzuga oid
09:40 / 28.01.2026
Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi
13:39 / 27.01.2026
2026 yilda bog‘cha puli oshirilmadi - rasmiy tushuntirish
21:55 / 08.01.2026
Bola bog‘chada va boshlang‘ich ta’limda o‘z ona tilida tarbiya ko‘rishi kerak - Alisher Qodirov
14:39 / 05.01.2026