Jamiyat | 19:12 / 27.06.2018
8481
3 daqiqa o‘qiladi

Sud zalida yosh yigitga imkon berildi

2018 yil 14 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat Dang‘ara tuman sudi Dang‘ara tuman Yoshlar ittifoqi binosida sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Sud majlisi sudya X.Sotvoldiyev raisligida olib borildi. 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro S.Rahimovga nisbatan jamoatchilik bilan hamkorlikda jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi S.Rahimov 2018 yilning 7 may kuni soat 17:30larda Dang‘ara tumani Rahmatillo qishlog‘i markazida joylashgan avtoshohbekat xududida fuqaro B.Turg‘unaliyevga nisbatan bezorilik qilgan. Sudlanuvchi o‘zining bezorilik hissiyotlari zamirida hech bir sababsiz, unga “Sen nega menga yomon qarayapsan”, deb janjallashib, ushbu janjal vaqtida uni qo‘llari bilan urib, oyoqlari bilan tepib, yonida bo‘lgan kishining sog‘ligi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan sovuq qurol hisoblangan “pinka” pichoq bilan B.Turg‘unaliyevni bel sohasining chap pastki qismiga, chap yonboshiga, chap son sohasiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohatlari yetkazgan. 

Rahimov Sardorbek Alisherjon o‘g‘liga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Bezorilik, badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, sovuq qurol yoki kishining sog‘ligi uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llagan holatda) bilan JK 57-moddasini (Yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, eng kam oylik ish haqidan yigirma foizini davlat daromadi hisobiga ushlangan holda axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Hukmdan norozi taraflarga hukm e'lon qilingandan so‘ng 10 kun ichida appelyatsiya, 10 kundan keyin esa kassatsiya tartibida protest yoki shikoyat keltirishlari mumkinligi ko‘rsatilib o‘tildi.

Mavzuga oid