Respublika miqyosida ötkazilayotgan «Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi.
Ma’lum qilinişiça, DXX xodimlari viloyat Içki işlar va Bojxona boşqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbir davomida Farğona şahri Beşbola mahallasida yaşovçi, 1982 yilda tuğilgan ayol kelgusida sotiş maqsadida 5 kilogramm 936 gramm «gaşiş» moddasini şağal uyumi içiga yaşirib qöygani aniqlangan. Giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilişiça, mazkur ayol muqaddam ham giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan bölib, şunga qaramay yana qonunbuzarlikka qöl urgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi va 273-moddasi 5-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda hamda uşbu jinoyatga aloqador bölişi mumkin bölgan şeriklarni aniqlaş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.













