Farğonada qalbaki xorijiy davlat fuqaroligi pasportlarini tayyorlaş va sotiş bilan şuğullangan jinoiy guruh faoliyati foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
DXX xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti va içki işlar organlari hamkorligida Farğona şahrida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tezkor tadbir davomida Marğilon şahrida yaşovçi 31 yoşli şaxs Farğona şahrida istiqomat qiluvçi 36, 29, 27 va 23 yoşli 4 nafar tanişi bilan til biriktirib, mijozga Turkiyaning qalbaki fuqarolik pasporti hamda haydovçilik guvohnomasini 4 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.


Ulardan jami 11 dona mobil telefon va 2 dona noutbuk aşyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.












