O‘zbekiston | 16:47 / 27.06.2018
7432
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2ta Airbus A320 Neo samolyotini oladi

Foto: Airbus

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Rivojlanish strategiyasi hamda aviaparklarni modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq, o‘z parkini yangi zamonaviy avialaynerlar bilan to‘ldirishni davom etmoqda. Shu yilning dekabr oyida milliy aviakompaniya ikkita Airbus A320 Neo samolyotini olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar beryapti.

O‘z segmentidagi eng zamonaviy Airbus A320 Neo samolyotlari ikki klassli komponovkada (150 o‘rindiqqa ega 12ta biznes va 138ta ekonom klassda) buyurtma qilingan. Yangi samolyotlar dvigatellarning yoqilg‘i tejamkorligi va fyuzelyaj konstruksiyasidagi zamonaviy ishlanmalar tufayli oldingilaridan nisbatan 20 foizga tejamkor bo‘ladi. Ularning parvoz masofasi 4,5 mingdan 6 mingdan ortiq kilometrgacha uzaytirilganligi butun Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni qoplash imkonini beradi.

2019 yilning ikkinchi yarmida aviakompaniya parki ikkita yangi Boeing 787 Dreamliner samolyoti bilan to‘ldirilishi kutilmoqda. 2020 yil boshida oltinchi Dreamliner olinishi bilan esa, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi MDH davlatlarida ushbu turdagi samolyotlarning yetakchi ekspluatanti bo‘ladi.

Bugungi kunda Milliy aviakompaniya aviaparki zamonaviy va qulay Boeing-757/767, Boeing-787-8 Dreamliner, A320 havo kemalari hamda Boeing-767-300BCF yuk samolyotlaridan iborat.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid