22:22 / 27.06.2018
8493

Jahon chempioni bo‘lgan terma jamoa qatorasiga 3-marta guruhda qolib ketdi

Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan terma jamoalar keyingi mundialda qatorasiga 3-marta guruhdan chiqolmayapti.

Bugun, F guruhining so‘nggi bahsida Germaniya terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazdi va guruhda qolib ketdi.

Xuddi shunday ahvolga 2006 yilda chempion bo‘lgan Italiya va 2010 yilda chempion bo‘lgan Ispaniya ham tushgan edi. Har ikkalasi ham mundialdagi bosh sovrinni qo‘lga kiritgach, keyingi chempionatda guruhdan chiqolmagan.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top