21:12 / 27.06.2018
6803

JCh-2018. Meksikani mag‘lub etgan Shvetsiya guruhda birinchi bo‘ldi

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

F guruhida Shvetsiya bilan Meksika bellashdi. O‘yin skandinaviyaliklarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi. Natijada, ular guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Yana bir bahsda Janubiy Koreya Germaniyani 2:0 hisobida yengdi. Natijada, Meksika 2-o‘rin bilan 1/8 finalga chiqdi.

JCh-2018, F guruhi
Meksika – Shvetsiya 0:3 (0:0, 0:3)
27 iyun, «Yekaterinburg-Arena» 
Gollar: 0:1 – 50 Augustinsson, 0:2 – 62, penalti Grankvist, 0:3 – 74, avtogol Alvares. 
Meksika – Ochoa, Moreno, Salsedo, Alvares, Layyun (Peralta, 89), Errera, Galyardo (Fabian, 65), Vela, Guardado (Korona, 75), Losano, Ernandes.
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Larsson (Svensson, 57), Ekdal (Xilemark, 80), Forsberg, Berg (Telin, 68), Toyvonen.
Ogohlantirishlar: Galyardo (1), Larsson (26), Moreno (61), Layyun (85), Lyustig (88).

Top