Jahon | 18:17 / 28.06.2018
3147
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Koreyadagi o‘z qo‘shinlari sonini saqlab qolishga va'da berdi

Foto: AFP

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Qo‘shma Shtatlarning harbiy majburiyatlarini «qat'iy» deb atadi va KXDR bilan yadrosizlanish bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar fonida Janubiy Koreyada Amerika harbiy kontingenti sonini o‘zgarishsiz saqlab qolishga va'da berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, Mettis Seulga o‘z tashrifi vaqtida AQSh prezidenti Donald Trampning Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya har yilgi qo‘shma mashqlarini bekor qilish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi. Bu, uning fikriga ko‘ra, Koreya yarim orolini yadrosizlantirish bo‘yicha muzokaralarni samarali olib borishga imkon beradi.

«Har ikki vazir ishonchni yaxshilash hamda tinchlikni qurish bo‘yicha choralarni bundan keyin ham birgalikda izlashga tayyor. Shu bilan birga, Shimoliy Koreya muloqotni vijdonan olib boryapti», - deyiladi Mettis va uning janubiy koreyalik hamkasbi Son Yon Mun qo‘shma bayonotida.

Xabar qilinishicha, Janubiy Koreyada hozir amerikalik taxminan 25,5 ming harbiy xizmatchi bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRni muzokaralar stoliga o‘tirishga nima majbur qilgani aytilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid