02:19 / 28.06.2018
10198

Braziliya – Meksika, Shvetsiya – Shveytsariya. 1/8 finalining navbatdagi juftliklari ma'lum

Foto: FIFA

Jahon chempionati E va F guruhidagi so‘nggi tur natijasiga ko‘ra, 1/8 finalining navbatdagi ikki juftligi ma'lum bo‘ldi. 

Braziliya terma jamoasi E guruhida 1-o‘rinni egallab, D guruhida 2-o‘rinni egallagan Meksikaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 2 iyul kuni "Samara Arena" stadionida, Toshkent vaqti bilan 19:00 da bo‘lib o‘tadi. 

Shvetsiya terma jamoasi esa F guruhi g‘olib sifatida 1/8 finalida E guruhida 2-o‘rinni egallagan Shveytsariya bilan kuch sinashadi. "Sankt-Peterburg" stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yin 3 iyul kuni, Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top