Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya hukumati Trampning Putin bilan uchrashuvidan xavfsiramoqda
Foto: Monika Skolimowska/dpa/Global Look Press
Britaniya hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuvdan xavfsiramoqda. Bunga sabab Qo‘shma Shtatlar rahbari nima haqida gapirishini hech kim oldindan taxmin qila olmayapti, deb yozadi Bloomberg agentligi Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasi kabinetidagi yuqori mansabli manbalarga asosan.
Agentlik manbalaridan birining ma'lum qilishicha, Trampning gaplari NATO davlatlari va Rossiya chegaralarida keskin vaziyatning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin, u yerda Britaniya qo‘shinlari ham bor.
Boshqa bir manbaning ta'kidlashicha, Tramp muzokaralarda ko‘taradigan mavzularni «taxmin qilish» har doim mushkul bo‘lib kelgan. Uning bildirishicha, Amerika prezidenti kutilmagan bayonotlarni berish yuborishi mumkinligi, Tramp Britaniya hukumati bilan muzokaralar o‘tkazgan paytdayoq ko‘ringan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putin bilan nima haqida gaplashishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:50 / 02.02.2026
Sobiq yevrokomissar Epshteyn bilan aloqalar haqidagi ma’lumot sabab partiyadan chiqdi
20:07 / 30.01.2026
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
10:58 / 26.01.2026