AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pensning ma'lum qilişiça, mamlakat yetakçisi Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda iqtisodiy masalalar, Rossiyaning Suriya va Donbassdagi harakatlari, Rossiyaning AQŞda 2016 yilda bölib ötgan prezidentlik saylovlariga aralaşuvi kabi mavzularni muhokama qiladi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
«Prezident öz yeçimini kutayotgan qator dolzarb masalalarni muhokama etişni rejalaştirmoqda», - dedi Pens.
Uning ta'kidlaşiça, ular orasida Rossiya va AQŞ örtasidagi, şuningdek, Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar bor. Vitse-prezidentning qöşimça qilişiça, Tramp Putin bilan Rossiyaning Amerikadagi saylovlariga aralaşuvini ham muhokama qiladi. Pens ta'kidlaşiça, AQŞ rahbari Rossiyaning Suriya va Ukrainaga harbiy bostirib kirişi haqida gaplaşmoqçi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin va Tramp uçraşişi mumkin bölgan uç davlat ma'lum qilingandi.












