Jahon | 11:35 / 28.06.2018
10991
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada 17 ming kvadrat metrdagi yong‘in bartaraf etildi, vertolyot 60 tonna suv tashladi

Foto: SkyView Kz

Qozog‘iston IIVning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi rasmiy vakili Ruslan Imankulov so‘zlariga ko‘ra, Olmaota shahri chetidagi omborxonalarda yuz bergan yong‘in bartaraf etildi. 

«Qabul qilingan choralar tufayli soat 9:06 [Toshkent vaqti bilan 6:06]da 17 ming kvadrat metr maydonda yuz bergan yong‘in bartaraf etildi. O‘t o‘chirish ishlari davom ettirilmoqda», - dedi Imankulov.

Voqea joyida hammasi bo‘lib 75 nafar o‘t o‘chiruvchi va Olmaota shahri favqulodda vaziyatlar bo‘yicha departamentiga qarashli 20ta texnika ishlamoqda. Suv yetkazib berish ishlarida kommunal xizmatlar yordam beryapti. Shuningdek, favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitaning suv tashlash qurilmasiga ega Mi-171 vertolyoti havoga ko‘tarildi. Har bir suv tashlash 3 tonnani tashkil etadi. Hozirgi vaqtda vertolyot 60 tonna suv tashlagan.

Foto: Qozog‘iston IIV

Avvalroq, Olmaota yirik yong‘in sabab qora tutun domida qolgani xabar berilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid