03:49 / 28.06.2018
9598

«Yuventus» ilk yozgi transferini e'lon qildi

Foto: Yuventus

«Valensiya» himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini «Yuventus»da davom ettiradi.

Turin klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 24 yoshli portugaliyalik bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. 

«Yuventus» uning transferi uchun 40,4 million yevroni uch yil davomida to‘lab beradi.

Kanselu o‘tgan mavsumda «Inter»da ijarada o‘ynab, A Seriyaning 26ta o‘yinida maydonga tushgan va 1ta gol urib, 3ta golga hammualliflik qilgan edi.

Top