H guruhi
«Real» – «Al Hilol» 1:1
«Hard Rock» stadioni, 65 326 tomoşabin.
Gollar: Gonsalo Garsiya 34 – Ruben Neveş 41, pen.
Aniq ijro etilmagan penalti: Valverde, 90+2.
«Real» – Kurtua, Trent (Lukas, 65), Hausen, Asensio (Guler, 46), Fran Garsiya, Çuameni, Valverde, Bellinghem (Modriç 84), Rodrigo (Dias, 65), Gonsalo Garsiya, Vinisius (Vaskes).
«Al Hilol» – Bunu, al-Tambakti, Kulibali, Lodi (Al-Arbi 83), Kanselu (Al-Yami), Neveş, Milinkoviç-Saviç, Salim al-Dovsari, Nosir al-Dovsariy, Malkom (Al-Qahtoniy), Leonardu (al-Juvayr).
Ogohlantirişlar: Vinisius Junior 15  – Ruben Neveş 89, Al-Kahtoniy 90, Al-Arbi 90.

Xabi Alonso «Real» boş murabbiyi sifatidagi debyut öyinini ötkazdi. Unga bu öyin arafasida betob bölib qolgan Mbappe yordam berolmadi. Umuman olganda, yöqotişlar bir talay: Ryudiger, Alaba, Mendi, Kamavinga, Endrik öynay olmaydi.

Qolaversa, klublar örtasidagi jahon çempionatida guruhdagi ilk raqib ham anoyi emasdi — Bunu, Kulibali, Lodi, Kanselu, Neveş, Milinkoviç-Saviç va Malkom kabi yulduzlarni jamlagan «Al-Hilol»ni yaqinda Simone Indzagi qabul qilib olgandi. U şu kuni faqat hujumçi Mitroviçning xizmatidan foydalana olmasdi. Şunday ekan, madridliklarni juda qiyin öyin kutayotgandi.

Alonso «Real» uçun odatiy bölgan 4-3-3 sxemasini tanladi. Markazda Hausen-Asensio juftligi, qanotlarda Fran va Trent öynadi. Hujum markazida esa ilk daqiqalardanoq 21 yoşli Gonsalo paydo böldi. U bungaça «Real» safida faqat bir neça öyinda zaxiradan tuşib öynagandi, şu bilan birga, Ispaniya kubogi çorakfinalida «Leganes»ga qarşi öyinda (3:2) ğalaba golini urgandi.

Saudiya klubi öyinni ança faolroq boşladi va 27-daqiqagaça zarbalar böyiça 8:2 körinişida ustunlikka erişdi. Töpga egalik qiliş böyiça ham (41 foizga farşi 59), burçak zarbalari böyiça ham (4:0), kutilgan gollar körsatkiçi böyiça ham (0,09 xG ga qarşi 0,61 xG) aynan saudiyaliklar yaqqol ustun edi.

Kurtua raqibning ilk hujumidayoq Milinkoviç-Saviçning zarbasini qaytariş uçun özini körsatişiga töğri keldi, Markos Leonardo bir neaç metr masofadan turib xato zarba yölladi, «Atletiko»ning sobiq himoyaçisi Renan Lodi esa darvozani işğol qildi ham, ammo gol ofsayd tufayli bekor qilindi. Vinisius esa 15-daqiqadayoq simulyatsiya uçun sariq kartoçka oldi. Maydondagi voqealarni tribunadagi Florentino Peresning ğamgin va biroz jahli çiqqan yuzi yaqqol ifodalardi.