Jahon | 14:23 / 28.06.2018
8806
1 daqiqa o‘qiladi

«Zaharli ilon». Maduro AQSh vitse-prezidentiga «tashlandi»

Foto: REUTERS/Miraflores Palace

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensni «zaharli ilon» deb atadi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Maduroning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar uning hukumatini to‘ntarib tashlab, mamlakat milliy boyliklarini egallab olmoqchi. Bu, birinchi navbatda, neft va tabiiy resurslarga aloqador. Shuningdek, u Vashingtonni Venesuelaga qarshi «iqtisodiy urush» olib borishda aybladi.

«Zaharli ilon Mayk Pens har gal o‘z og‘zini ochganida, u o‘zini yanada kuchliroq his etmoqda», - deya ma'lum qilgan Maduro.

Avvalroq, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya yetakchisi Xuan Manuel Santos uning davlatida harbiy mojaro yuzaga kelishini xohlayotgani haqida ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Santos AQSh imperiyasiga foyda keltirish maqsadida, Venesuelada harbiy mojaro yuzaga kelishini xohlamoqda».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid