Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilişiça, Kolumbiya yetakçisi Xuan Manuel Santos uning davlatida harbiy mojaro yuzaga kelişini xohlamoqda. Bu haqda Globovision xabar berdi.

Uning sözlariga köra, «Santos AQŞ imperiyasiga foyda keltiriş maqsadida, Venesuelada harbiy mojaro yuzaga kelişini xohlamoqda».

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Kolumbiyada rejalaştirilayotgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonadigan şaxs «Santosning xatolarini» töğrilaşi talab etiladi.

Maduroning qayd etişiça, «boşqa mamlakatlar Venesuela işlariga öz burnini tiqişi kerak emas».

Eslatib ötamiz, avvalroq Maduro Venesuelaning ADTdan çiqişi milliy bayram bölişini ma'lum qilgandi.