13:00 / 28.06.2018
10132

JCh-2018. Pley-offdagi 3 juftlik, Argentina bor, Germaniya yo‘q

2018 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichi yakunlanib bormoqda. 6ta guruhdagi natijalarga ko‘ra 14ta jamoa nimchorak final masalasini hal qilgan, 15ta jamoa muddatidan avval guruhni tark etgan, yana 3ta jamoa oxirgi ikki yo‘llanma uchun bugun o‘ynaydi.

Bu safargi turnirda ham amaldagi chempion turnirni guruh bosqichidanoq tark etdi, Meksika va Janubiy Koreya termalariga yutqazgan Germaniya guruhda oxirgi o‘rinni egalladi, shuningdek, chempionat favoritlaridan biri Argentina bazo‘r guruhdan chiqdi.

Ayni vaqtga kelib, nimchorak final bosqichida quyidagi juftliklar hosil bo‘lgan:

6 iyul
Urugvay - Portugaliya
Fransiya - Argentina

Braziliya - Meksika
G1 (Angliya yoki Belgiya) - H2 (Kolumbiya, Senegal yoki Yaponiya)

7 iyul
Ispaniya - Rossiya
Xorvatiya - Daniya

Shvetsiya - Shveytsariya
H1 (Kolumbiya, Senegal yoki Yaponiya) - G2 (Angliya yoki Belgiya)

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top