Jahon | 16:44 / 29.06.2018
4985
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml AQSh bilan munosabatlarni rivojlantirishga qay darajada tayyorligini ma'lum qildi

Foto: RIA «Novosti»

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish yo‘lidan ketishga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Peskovning eslatishicha, Vladimir Putin eng boshidan Rossiya AQSh bilan munosabatlarni rivojlantirish va normallashtirishdan manfaatdor ekanini ta'kidlab kelgan.

«Rossiya Federatsiyasi AQSh bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor hamda bunga tayyor. Biz Qo‘shma Shtatlar bilan o‘zaro aloqalarni amerikalik hamkorlarimiz qay darajada buni qilishga tayyor bo‘lsa, shunday holatda normallashtirishga tayyormiz», - deya ma'lum qildi Peskov.

Shu bilan birga, u Trampning AQShdagi ichki siyosiy ziddiyatlar Moskva va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga xalaqit berayotgani bo‘yicha bayonotini izohlashdan bosh tortdi.

Avvalroq, Tramp Putin bilan uchrashuvdan nima kutayotgani aytilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid