Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Suriya janubi-g‘arbida jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh barcha tomonlarni Suriya janubi-g‘arbida jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.
Ta'kidlanishicha, BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi harbiy harakatlar tufayli Suriya janubi-g‘arbiga ko‘chgan kishilar soni so‘nggi ikki kun ichida 2,5 barobarga ortgani va 160 mingga yetgani haqida xabar bergan.
«Bosh kotib Suriya janubi-g‘arbidagi harbiy hujumdan va oddiy aholi orasida yo‘qotishlar tobora ortib borayotganidan juda tashvishda. U jangovar harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiradi», - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Guterresh barcha tomonlarni xalqaro gumanitar qonunlar bo‘yicha majburiyatlar va 2017 yilda keskinlikdan xoli hududlar bo‘yicha imzolangan kelishuvni hurmat qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026