Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDR maxfiy yadro obektlarida ishni davom ettirmoqda
Amerika razvedka xizmatlarining fikricha, Shimoliy Koreya bir nechta maxfiy yadroviy obektda ishlarni davom ettirmoqda. Bu haqda NBC News manbalarga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Kim Chen In bu obektlarni yashirishga urinmoqda, sababi Donald Tramp ma'muriyati bilan muzokaralarda qator foydali natijalarga erishmoqchi.
«Ular AQShni aldashga urinayotganiga oid deyarli 100 foizlik dalil-isbotlar bor», - deya ma'lum qildi manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar KXDR hududida yuz berayotgan voqealarni «jiddiylik bilan kuzatib bormoqda».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDRni muzokaralar stoliga o‘tirishga nima majbur qilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:56 / 10.04.2026