Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Solsberida Skripallar ishi tufayli Britaniya qurolli kuchlari kuni o‘tkaziladi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning ma'lum qilishicha, 2019 yil Solsberida mamlakat qurolli kuchlari kuni bo‘lib o‘tadi. Bu GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bilan bog‘liq hodisa oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan harbiylarga minnatdorlik belgisi sifatida yuz beradi.
«Asab-falajlovchi moddadan foydalangan holda yuz bergan hujum oqibatlarini bartaraf etishda harbiylarning ishtiroki muhim bo‘ldi. Harbiy ekspertlar hujumdan keyingi kunlarda zararlangan transport vositalarini xavfsiz evakuatsiya qilishda yordam ko‘rsatishdi, Porton-Daundagi Mudofaa vazirligi laboratoriyasi ekspertlari esa asab-falajlovchi moddaga testlar o‘tkazishdi. Hozirda quruqlikdagi va harbiy-havo kuchlarining qariyb 200 nafar harbiy mutaxassisi shaharni tiklashda yordam ko‘rsatmoqda», - deyiladi Meyning nutqida.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Solsberida bunday kunning nishonlanishi shaharga e'tibor tortadi va uning biznes hamda turizm uchun ochiqligini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026