Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron qo‘shma investitsion qo‘mitani tashkil etishga kelishib oldi
Foto: Financial Tribune
O‘zbekiston va Eron qo‘shma investitsion qo‘mitani tuzishga kelishib oldi, deya xabar beradi Financial Tribune.
O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Eronning Investitsiyalar, iqtisodiy va texnik yordam bo‘yicha tashkiloti prezidenti Muhammad Xazoiy ikki mamlakatning qo‘shma investitsion qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida e'lon qildi.
Xazoiy qo‘shma investitsion qo‘mitani tuzish g‘oyasini taklif qildi, hamda O‘zbekiston tashqi savdo vaziri buni ma'qulladi, deya ta'kidlaydi nashr.
Birgalikdagi ishchi guruh moliyaviy shartnomalar va investitsiyalar doirasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun «yo‘l xaritasini» ishlab chiqishi kerak.
Xo‘jayevning aytishicha, O‘zbekiston Eronning moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhi tuzish taklifiga rozi ekanligini aytdi hamda mamlakatda 100 dan ortiq Eron kompaniyalari faoliyat ko‘rsatayotganini ta'kidladi.
O‘zbekiston Eron bilan to‘qimachilik, qurilish, neft sanoati, gigiyena va tibbiyot, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi loyihalarda sanoat hamkorligi uchun «yo‘l xaritasini» ishlab chiqishga qaror qildi.
Mavzuga oid
17:41
Erondagi urush fonida gigiyena vositalarining narxi ham qimmatlashyapti
23:01 / 30.04.2026
Mujtaba Xominaiy: amerikaliklarning joyi Fors ko‘rfazining tubida
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
18:11 / 30.04.2026