Olimlar saratonni keltirib chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini ma'lum qilishdi
Mutaxassislar saraton keltirib chiqara oladigan eng xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini ma'lum qilishdi. Bu haqda iste'mol tovarlari va xizmatlari sifatini tekshirishga ixtisoslashgan Which britan jurnali yozmoqda.
Ichak va oshqozon saratoni paydo bo‘lishi xavfini oshiruvchi mahsulot qayta ishlangan qizil go‘sht hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar nitrat va nitritlar yordamida mahsulotning saqlanish muddatini uzaytirish va uning ta'mini o‘zgartirishga harakat qiladilar. Nitrat va nitritlar esa kanserogenlar hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lum qilishicha, kuniga bor-yo‘g‘i 50 gramm qayta ishlangan go‘shtning iste'mol qilinishi ichak saratoni rivojlanish xavfini 18 foizga oshiradi.
Yomon sifatli o‘simtalarning paydo bo‘lishiga ta'sir qiluvchi yana bir omil – shakar iste'moli hisoblanadi. Olimlar shirinliklar va onkologiya o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni aniqlay olmagan bo‘lsalar-da, shakar miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarning tez-tez iste'mol qilinishi ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga olib keladi. U esa o‘z navbatida saraton rivojlanishi xavfini oshiradi.
Maqola mualliflarining ta'kidlashicha, pestitsidlar, shirin ta'm beruvchilar va oziqaviy qo‘shimchalarning kanserogenligini isbotlashga barcha urinishlarga qaramay, buning isboti olinmagan.
Mutaxassislar saraton bilan kasallanish ehtimolini kamaytirish uchun superfudlar deb ataluvchi mahsulotlar: yashil choy, zarchava, anor, yog‘li baliq, qorag‘at, meva-sabzavotlar iste'mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024
O‘yinchoqlar va idishlardagi qora plastik saratonga olib kelishi mumkin - tadqiqot
11:43 / 01.10.2024