Jahon | 10:25 / 02.07.2018
6050
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikani so‘l kuchlar boshqaradi - Lopes Obrador prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Foto: HÉCTOR GUERRERO/EL PAÍS

Meksikaning “Birgalikda tarixni yaratamiz” so‘l kuchlari nomzodi Andres Manuel Lopes Obrador mamlakat prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozondi. Uning davlat rahbari bo‘lgani ovozlarni sanash yakuniga yetmasdanoq ma'lum bo‘lgan edi. Mamlakat bo‘ylab ovoz berish uchastkalari yopilganidan so‘ng ko‘p o‘tmay, uning prezidentlik poygasidagi raqiblari – Rikardo Anayya, Xose Antonio Mid va Xayme Rodriges Kalderon o‘z mag‘lubiyatlarini tan oldi. Bu haqda El Pais xabar qilmoqda.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Lopes Obrador 53-53,8 foiz saylovchilarning ishonchiga sazovor bo‘lgan. Uning eng yaqin ta'qibchisi "Meksika uchun Olg‘a" yetakchisi Rikardo Anayya 22,1 - 22,8 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. 

Saylovning dastlabki natijalarini Milliy saylov instituti rahbari Lorenso Kordova e'lon qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Lopes Obradorni birinchilardan bo‘lib tabriklashga muvaffaq bo‘ldi. 

Foto: HÉCTOR GUERRERO/EL PAÍS
Foto: RONALDO SCHEMIDT/EL PAÍS
Foto: ALEXANDRE MENEGHINI/REUTERS
Foto: RONALDO SCHEMIDT/AFP
Foto: RONALDO SCHEMIDT/AFP
Foto: HÉCTOR GUERRERO/EL PAÍS
Foto: SUN / Y. Xolalpa

 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid