Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishda 10 mingga yaqin qonun buzilishi aniqlandi
Davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishda jami 9 829ta qonun buzilishi holati aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, qonun buzilish holatlari aksariyat hollarda muddatlarni buzish, ortiqcha hujjatlar talab qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatish, asossiz rad etishda namoyon bo‘lgan. 5 705 holatda hokimlik organlari, 776 holatda muhandislik tarmoqlariga ulanishda, 538 holatda qurilish va 47 holatda kadastr bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda qonun talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 4 mingga yaqin ta'sir choralari ko‘rilgan. Buning natijasida 183 kishi intizomiy javobgarlikka tortilgan, 30 xodim vazifasidan ozod etilgan, 155 kishi ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
09:06 / 12.03.2026
Havodagi harakatni boshqarishga oid ayrim talablar bekor qilindi
09:13 / 06.03.2026
Xorijiy avtoulovlar uchun “tonirovka” bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
14:11 / 27.02.2026