O‘zbekiston | 18:20 / 03.07.2018
3129
2 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi xorijiy investorlarning buzilgan huquqlarini tiklashda yordam beradi

Foto: Depositphotos

Adliya vazirligi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni ta'minlash doirasida xorijiy investitsiyalar faoliyatiga oid qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini o‘rganmoqda. Agarda Siz xorijiy investor sifatida:

1) faoliyatingizni boshlash yoki uni takomillashtirish bilan bog‘liq taklif hamda murojaatlaringiz davlat idoralari tomonidan paysalga solinayotgan bo‘lsa;

2) soliq va boshqa imtiyozlarni qo‘llashni rad qilish holatlariga duch kelsangiz;

3) qonun hujjatlarining qo‘llanilishi bo‘yicha va boshqa masalalarda huquqiy maslahat olmoqchi bo‘lsangiz;

4) mamlakatimizda investitsion muhitni takomillashtirish yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa

Adliya vazirligiga 1008 raqami orqali “Ishonch telefoni”ga, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” guruhi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Xorijiy investorlarning buzilgan huquqlarini tiklash va himoya qilish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan sudlarga da'vo arizalari kiritilishi, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ma'lum qilinadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid