Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada 12 soatlik ish kuni paydo bo‘lishiga qarshi namoyishlar avj olmoqda
Avstriya hukumatining bir sutkada 12 soat ishlashni qonuniylashtirish taklifiga qarshi norozilik bildirayotgan namoyishchilar soni 80 mingdan oshdi.
DW nashrining yozishicha, poytaxt Vena markaziga yig‘ilgan salkam 100 ming aholi vakillari bir haftada 60 soat ishlash, shuningdek, sutkasiga 12 soat ishlash huquqi paydo bo‘lishiga qarshi bo‘lmoqda.
«Biz har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, namoyishlarni davom ettiramiz», - deydi Avstriya Kasaba uyushmalari federatsiyasi prezidenti Volfgang Kasian.
Kasian va markazga yig‘ilgan namoyishchilar ushbu masala referendum orqali hal etilishini talab qilmoqda.
Ayni paytda mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, bir sutkada 8 soatdan ortiq ishlash mumkin emas. Shunga qaramay, ayrim hududlarda mahalliy hokimiyat kompaniyalar ishchilariga 10 soatgacha ishlashga ruxsat beradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026