Jahon | 20:00 / 03.07.2018
4887
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada tibbiy xodim 8 chaqaloq qotilligida gumonlanmoqda

Foto: BBC

Britaniyalik sog‘liqni saqlash sohasi xodimi 8 chaqaloqni o‘ldirishda va yana 6 nafarini o‘ldirishga harakat qilishda gumonlanib qo‘lga olingan. Bu haqda Reuters xabar tarqatgan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Chesterdagi shifoxonada 2015 yil martidan 2016 yilning iyuliga qadar muddatda 17 chaqaloqning o‘limi ro‘y bergani bo‘yicha tekshiruv jarayonida xodimlardan biri qo‘lga olingan.

«Bu juda og‘ir va qonli tekshiruv bo‘ldi, biz bu vaziyatni oydinlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz kerak», - degan huquq-tartibot organlaridagi manba.

Shifoxona detektivlar bilan aloqada bo‘lib turibdi va hamkorli qilmoqda. Bolalar bo‘limi faoliyatini davom ettirmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid