Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diniy idora huzurida sayyohlik firmasi ish boshladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida «Muslim-tour» sayyohlik firmasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bergan.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan berilgan litsenziyaga ko‘ra, turizm faoliyatini kirish, chiqish va ichki turizm yo‘nalishlarini amalga oshirish huquqini berish qayd etilgan.
«2016 yil 2 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, shuningdek, yurtimizda turizm sohasini rivojlantishga qaratilgan izchil sa'y-harakatlarga hamohang tarzda endilikda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham ziyorat turizmini rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Muslim-tour» sayyohlik firmasi yurtimizdagi qadamjo, ziyoratgoh va tabarruk maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning keng ko‘lamdagi ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirishga ham xizmat qiladi.
Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. Yaqinda Samarqand shahrida Ipak yo‘li turizm xalqaro universitetining tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori esa bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi pog‘onaga ko‘taradi. Shuningdek, kelgusida Toshkent-Jidda-Toshkent aviaqatnovining yo‘lga qo‘yilishi yanada kengroq imkoniyatlar eshigini ochadi», deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026