Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda Trampni tanqid qilish taqiqlab qo‘yildi
Foto: Chris Kleponis / Getty Images
Xitoyda ommaviy axborot vositalari zimmasiga Xitoy hukumatining bayonotlarini kutib o‘tirmay, AQSh prezidenti Donald Tramp nomiga keskin so‘zlar aytish hamda savdo urushi haqida uning izohlari va Oq uy ma'muriyati vakillarining so‘zlarini keltirib o‘tishdan tiyilish majburiyati qo‘yildi. Ko‘rsatma matni China Digital Times tomonidan e'lon qilindi. Shu bilan birga nashr iqtibos keltirayotgan manba xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘rsatilmagan.
Xitoy OAV savdo urushi borasidagi AQSh yangiliklari va izohlarni bermasligi, Trampning “qo‘pol so‘zlarini” tanqid qilmasligi kerak. Biroq shu bilan birga uzoq davom etuvchi mojaroga tayyor turish kerakligi uqtirilgan.
Hujjatda “ikki davlat o‘rtasidagi savdo mojarosi bosiqlik va ongli harakatlar sodir etishni ko‘zda tutishi” aytilgan.
“Biz muzokaralarni yakunlaymiz va “qasdma-qasd” tamoyili asosida ish tutamiz. Jamoat osoyishtaligini saqlash kerak, AQShdagi turli guruhlarni tushkun holga tushirib, aniq va pishiq zarba berishimiz lozim. Savdo urushi Xitoyning yuksalishiga qarshi, qaysi bir davlat bardoshliroqligini sinashga qaratilgan urushdir. Hech qanday vaziyatda qat'iyatsizlik va zaiflik ko‘rsatmaslik kerak”, deb aytilgan ko‘rsatmada.
Mavzuga oid
19:11 / 28.12.2025
Xitoy AQShning 20ta kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
15:14 / 27.12.2025
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
13:26 / 27.12.2025