Jahon | 22:33 / 03.07.2018
8575
1 daqiqa o‘qiladi

Tunis poytaxti meri etib ilk bor ayol kishi saylandi

Foto: Axar.az

Tunis tarixida ilk bor poytaxt Tunis shahri kengashi mer lavozimiga ayol kishi – “An-Naxda” partiyasidan Suad Abdurahimni sayladi. Bu haqda Middle East Eye nashri ma'lum qildi.    

Ma'lumotlarga ko‘ra, shahar kengashining 26 a'zosi o‘z ovozini Abdurahimga, 22 a'zosi esa uning raqibi Kamol Idirga bergan.

53 yoshli Abdurahim may oyidagi munitsipal saylovlarda g‘olib bo‘lgan, biroq u shahar kengashi a'zolarining zarur ovozini to‘play olmagan.

“Men buni Tunis ayoli uchun faxr deb bilaman”, deb aytgan Abdurahim.

Ta'kidlanishicha, Suad Abdurahim “o‘z partiyasining ochiqligi va zamonaviy qadriyatlar qabul qilish ramzi” hisoblanadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid