Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun tantanali tadbir o‘tkazildi
Andijon viloyatida joriy o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 117 ta kasb-hunar kollejlarini 39 ming 265 nafar yigit-qizlar tamomlab, kelgusi hayot jarayonlari sari qadam qo‘ymoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomli viloyat musiqali va drama teatrida mazkur o‘quv dargohlarining iqtidorli bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda turli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Manzuraxon Yunusova, viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukovlar yoshlarga o‘z tilaklarini bildirilar. O‘quv jarayoni va jamoat ishlarida faol bo‘lgan bir qator bitiruvchilar va ularning ustozlari rag‘batlantirildi.
O‘z o‘rnida o‘quvchilarning ota-onalari ham so‘z olib, murabbiy va pedagoglarga minnatdorchilik bildirishdi. Shundan so‘ng viloyatdagi barcha kollejlardan kelgan iqtidorli bitiruvchilarga qizil diplomlar tantanali tarzda tarzda topshirildi.
Andijon san'at kolleji tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi tadbirga yakun yasadi.








Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026