Oliy ta’lim taşkilotlari ma’lumotiga köra, arizalar 25 iyulga qadar (şu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

Röyxatdan ötiş jarayonida abituriyentlardan texnikum diplomining asl nusxasi talab etilmaydi. Faqat şaxsni tasdiqlovçi ma’lumotlarni kiritişning özi kifoya bölib, qolgan zarur ma’lumotlar axborot tizimi tomonidan avtomatik şakllantiriladi.

Mazkur tartib texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarga tatbiq etiladi. Ya’ni, öqiş davomida barça semestrlar böyiça baholari asosan 4 («yaxşi») va 5 («a’lo») bölgan, şu bilan birga baholarining kamida 50 foizi «a’lo»ni taşkil etgan bitiruvçilar (tibbiyot yönalişlarida esa kamida 85 foizi) uşbu imkoniyatdan foydalanişi mumkin.

Suhbat natijalariga köra, oliy ta’lim taşkiloti komissiyasi tomonidan qöyilgan ballarning örtaça körsatkiçi 67 ball va undan yuqori bölsa, abituriyent suhbatdan ötgan hisoblanadi hamda tölov-kontrakt asosida bakalavriatning 2-bosqiçiga talabalikka tavsiya etiladi.

Uşbu qabul tartibi oliy harbiy va oliy harbiylaştirilgan ta’lim muassasalari, Toşkent davlat yuridik universiteti, şuningdek, Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Texnikum bitiruvçilari öz mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqiçidan öqişni davom ettiriş imkoniyatiga ega.