«Lenin qayerda uxlaydi?». Rossiyaga kelgan muxlislarning eng g‘aroyib savollari ro‘yxati tuzildi
Moskva metropolitenida futbol bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun kelgan xorijlik ishqibozlar tomonidan volontyorlarga eng ko‘p beriladigan va eng g‘aroyib savollar ro‘yxati tuzib chiqildi. Bu haqda Moskva merining rasmiy saytida xabar qilinmoqda.
Xabarda aytilishicha, Moskvaga kelgan xorijliklarning aksariyati «Ploshchad Revolyutsii» va «Pushkinskaya» metro stansiyalari haqida so‘rashadi.
«Eng ko‘p beriladigan savollar esa «Qizil maydonga qanday borish mumkin?» va «Nikolskaya ko‘chasi qayerda joylashgan?» degan savollar bo‘ldi. Bundan tashqari, xorijlik mehmonlar itlari bor metro bekatini ko‘p so‘p so‘rashgan («Ploshchad Revolyutsii»)», — dedi Moskva meri o‘rinbosari Maksim Liksutov.
Turistlar volontyorlarga murojaat qilgan eng g‘aroyib savollar esa —«Lenin qayerda uxlaydi?», «Menga turmushga chiqasizmi?», «Bir sutkalik cheksiz chipta bilan metroda uxlasam bo‘ladimi?» degan savollar bo‘lgan.
Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar 11 shahar: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Sochi, Nijniy Novgorod, Samara, Volgograd, Rostov-Don, Kaliningrad, Yekaterinburg va Saranskda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018