Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya va Xitoy qo‘shma fazoviy stansiya barpo etishi mumkin
Xitoy kosmik ma'muriyati vakillari "Roskosmos" tashkiloti bilan qo‘shma fazoviy stansiya barpo etish imkoniyatlarini muhokama qiladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi raketa-kosmik sanoatidagi manbasiga asoslanib xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomonini Rossiyaning uzoq muddatli fazoviy parvozlar hamda yirik kosmik inshootlar qurish tajribasi qiziqtirmoqda.
XXR yaqin yillarda ko‘pmodulli yirik fazo stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Xitoyda qator ahamiyatli texnologiyalar mavjud emas.
Bundan avvalroq, Roskosmos va Xitoy milliy kosmik ma'muriyati Oyni o‘rganish loyihalari va qo‘shma orbital guruhlar tashkil etishda hamkorlikni sezilarli kengaytirish borasida kelishib olgani xabar qilingan edi.
Qayd etish kerak, Xitoy 2011 yilda "Tyangun-1" nomli orbital stansiyasini fazoga uchirish bilan SSSR va AQShdan keyingi dunyoning uchinchi davlati bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026