Jahon | 09:57 / 04.07.2018
7047
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi AYoQShlarning 76 foizi yoqilg‘ini kam quyishi ma'lum qilindi

Foto: TASS/Interpres/Roman Pimenov

Rossiya avtomobil egalari federatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi zapravkalarning ¾  qismi yoqilg‘ini kam quyadi. Bunday firibgarlik natijasida ayrim AYoQShlardagi 1 litr benzin narxi 44-45 rubl emas, 55 rublni tashkil etishi mumkin. 

Federatsiya hisobotida qayd etilishicha, o‘rtacha har bir AYoQShda to‘langan benzinning 5 foizini quyishmaydi. Aniqlangan eng ko‘p ushlab qolish esa, 19 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari, aksar zapravkalarda benzin sifati talabga javob bermagan. 

RAEFning ta'kidlashicha, yoqilg‘ini kam quyish nafaqat iste'molchini aldash, balki nosog‘lom raqobat usuli hamdir. 

«Yonilg‘i bozorining vijdonsiz ishtirokchilari yoqilg‘ini yuqori bozor narxida sotgani yetmaganidek, texnik talablarga ham javob bermaydi», — deya xulosa qilingan hisobotda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid