Jahon | 23:41 / 05.07.2018
3601
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada pirotexnika portlashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

5 iyunda Meksikaning Tultepek munitsipalitetida (Mexiko shtati) pirotexnika ishlab chiqaruvchi ustaxonalarda sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi. Bunday ma'lumotlarni shtat hukumatiga iqtibos keltirgan holda Televisa telekanali keltirdi.

Tultepekda ikkita portlash yuz bergan. Ikkinchi portlash voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar, politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar jabrlanganlarga yordam berayotganlarida yuz bergan. Oqibatda bir necha o‘t o‘chiruvchi va politsiyachi halok bo‘lgan.

Tultepek Meksikada pirotexnika tayyorlash bo‘yicha bosh markazlardan biri hisoblanadi. U yerdagi pirotexnikaning qatta qismi noqonuniy ravishda ishlab chiqariladi. 2016 yil dekabrda shu shahardagi pirotexnika bozorida yuz bergan portlash va uning ketidan chiqqan yong‘in oqibatida 42 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid