Jahon | 09:46 / 06.07.2018
11455
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh dunyoda eng kuchli yadro arsenali va harbiy kosmik kuchlarni shakllantiradi

Foto : U.S. Navy / John Kowalski

Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyodagi eng kuchliyadro qurollari zaxirasini shakllantiradi. Mamlakat prezidenti Donald Tramp hech kim Vashington bilan hazillashishni xohlamasligi uchun shunday qilishi haqida bayonot berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

U bu haqda Montanada tashkil etilgan mitingda so‘z yuritgan. «Bilasizmi, kuchli yadro quroli nima uchun kerak? Undan foydalanish uchun emas. Balki, hech kim AQSh bilan hazillashishni xohlamasligi uchun», — degan Tramp. 

AQSh yetakchisi, shuningdek, nima uchun Pentagonga harbiy-kosmik kuchlarni shakllantirish uchun ko‘rsatma berganini ham izohlagan. Uning fikricha, bu «harbiy zaruratdir». 

Oq uy rahbari, Rossiya va boshqa davlatlarning bu borada bildirgan xavotirlariga javoban, «juda afsusda» ekanini ta'kidlagan.

«Byudjyetda saqlab qolgan pullarimizning barchasini men kosmik kuchlarni shakllantirish uchun Pentagonga yo‘naltiraman. Bizda HHK bor, bizda harbiy-kosmik kuchlar ham bo‘lishi kerak. Bilasizmi, odamlar bundan qanchalik faxrlanishdi. Bu faqat Oyga raketa uchirish emas. Bu harbiy zaruratdir», — degan Tramp.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid