Xalq banki: Pensiya va nafaqa to‘lovlari o‘z vaqtida, o‘z egalariga topshirilmoqda
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan 2017 yilning iyul oyidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida pensiya to‘lovlari Xalq banki filiallari orqali to‘lanmoqda.
Xalq bankining barcha filiallarida pensiya va nafaqa pullarini tarqatish bo‘yicha jami 2 000 ta sayyor kassa tashkil qilinib, ularda 590 ta “Damas” rusumli hamda tog‘li va cho‘l zonalari uchun 11 ta “UAZ-Xanter” avtomashinalari xizmat qilmoqda.
Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari va jamoatchilik bilan hamkorlikda doimiy aloqalar tashkil etilib, mustaqil harakatlana olmaydigan, keksa yoshdagi hamda nogiron fuqarolarga pensiya va nafaqalar ularni yashash manziliga yetkazib berilishi ta'minlanmoqda.
Pensiya va nafaqa oluvchi aholi qatlamining yoshini inobatga olib, sayyor kassalarga 4000 nafar kollej bitiruvchisi ishga qabul qilindi. Ularga fuqarolar bilan muloqotda muomala madaniyatiga alohida e'tibor qaratishlari bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etildi.
Pensiya va nafaqa oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda “SMS-pensiya” xizmati joriy qilindi. Ushbu interaktiv xizmat orqali pensionerlarning mobil aloqa vositalariga to‘langan pensiya miqdori, muddatlari to‘g‘risida bepul ma'lumot yuborilishi ta'minlanmoqda.
Joylarda yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda tezkorlik bilan ularni bartaraf etilishini tashkil etish maqsadida, Xalq banki tizimida qisqa raqamli “Ishonch telefoni” (11-06) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Ishonch telefoni”ga bo‘ladigan murojaatlar tezkor tartibda hal etilishi qat'iy nazorat qilib borilmoqda.
Pensiya va nafaqa to‘lovlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq yetkazilishi ta'minlash, mablag‘lar xarakati ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish maqsadida sayyor kassalar uchun ajratilgan avtomashinalarga GPS qurilmalari o‘rnatilib, har bir fuqaroga to‘langan pensiya va nafaqalarni “on-layn” tizimda mobil qurilma (planshet) orqali qayd qilish va avtomatik ravishda bu to‘g‘risida fuqaroni xabardor qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda Xalq banki sayyor kassalari tomonidan 3 mln. nafardan ziyod pensiya va nafaqa oluvchilarga har oyda 1,5 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar oyning 27-sanasiga qadar o‘z egalariga to‘liq yetkazib kelinmoqda.
Bundan tashqari, pensiya va nafaqalar to‘lovini to‘liq avtomatlashtirish, pensiya olganligini yozma ravishda tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish maqsadida Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlikda pentsiyanerlarning “Elektron guvohnomasi - ID-card”ni amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
19:00 / 25.10.2024
“Ba’zi nogironlar to‘rt muchasi sog‘lardan yaxshi ishlashadi” – buxorolik tadbirkor
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
11:10 / 03.10.2024