Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiya konstitutsiyasidan ayollar ishlamasligi kerakligi haqidagi moddani chiqarib tashlash taklif qilindi
Irlandiya hukumati mamlakat konstitutsiyasidan ayollarning oiladagi o‘rni haqidagi moddani olib tashlash borasida referendum o‘tkazishga qaror qildi, deb xabar berdi Irlandiyaning RTÉ telekompaniyasi.
Gap «oiladagi o‘rni tufayli ayol davlatni qo‘llab-quvvatlashi» hamda «onalar mehnat bilan shug‘ullanish uchun iqtisodiy zaruriyatga ega bo‘lmasliklari» qayd etilgan 41.2-modda haqida bormoqda.
Referendumni 2018 yil oktabrida, prezident saylovi bilan bir kunda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Adliya vaziri Charli Flenagan konstitutsiya qabul qilinganidan 80 yil o‘tib, unda 41.2-moddaga o‘rin yo‘qligi ma'lum bo‘lganini bildirdi.
«U gender tenglikka erishish borasidagi zamonaviy maqsadga putur yetkazadi», — dedi Flenagan.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
17:45 / 26.10.2025
Irlandiyadagi prezidentlik saylovida mustaqil nomzod g‘alaba qozondi
16:20 / 23.10.2025
Dublinda migrantlarga qarshi tartibsizliklar davom etmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
08:07 / 22.03.2025