23:02 / 06.07.2018
5190

Nepalda yuk mashinasining yuqoridan qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Foto: Flickr / Asian Development Bank

Nepalning Mustang tumanida yuk mashinasining tog‘dagi yo‘ldan qulashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohat olgan. Bu haqda Himalayan Times nashri ma'lum qildi. 

Tuman ma'muriyati boshlig‘i Shishir Paudelning ma'lum qilishicha, yo‘l ishchilarini olib ketayotgan mashina haydovchisi toshloq yo‘lda boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va mashina 50 metr balandlikdan pastga qulagan.

Voqea joyida 14 erkak va 6 ayol hayotdan ko‘z yumgan. Jarohatlanganlardan 3 nafari vertolyotda Nepal armiyasining Pokxara shahridagi gospitaliga, qolgan 9 nafari tuman shifoxonasiga yetkazilgan.

Mavzuga oid
Top