Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston ot sporti sohasining birinchi paradi bo‘lib o‘tadi
Toshkent shahrida O‘zbekiston ot sporti sohasining birinchi paradi tashkil qilinmoqda, Milliy olimpiya ko‘mitasi shafeligida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirning maqsadi - aholining keng qatlami orasida ot sportini ommalashtirish, yoshlarning e'tiborini unga qaratish. Yilqichilik va ot sporti federatsiyasining Facebook'dagi sahifasida shu haqida xabar berildi.
Parad odamlarga ajoyib ot yo‘rttirish, ularning nozik yo‘rg‘alashi va boshqa ajoyib mahoratlarini tomosha qilish imkonini beradi.
Bu kabi namoyishlar dunyoning turli mamlakatlarida, deyarli barcha megapolislarda o‘tkaziladi.
Ko‘p asrlardan beri bu jonivorlarning sadoqatligi, chidamliligi, tezkorligi va erkin hur xulqi insonlarni hayratga solib keladi. Avvallari otlar jasur jangchilarning sodiq do‘sti bo‘lib kelgan bo‘lsa, hozir ular sport maydonida chavandozlarning ishonchli sherigi hamdir.
O‘zbekiston ot sporti sohasining birinchi paradi namoyishni o‘tkazib yubormang!
Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi poytaxtning barcha fuqarolari va mehmonlarini 7 iyul kuni soat 18:00 da Amir Temur xiyobonida bo‘lib o‘tadigan paradga taklif etadi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun telefon: 148 31 13
Mavzuga oid
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026