19:05 / 07.07.2018
12630

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Bugun, 7 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kruz.uz manbasi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bekzod Musayev ishtirok etdi va Davranbek Jumamuratovich Babajanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Davranbek Babajanov bundan oldin O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasida ishlab kelayotgan edi.

Biroz avvalroq Davlat soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Atabek Saparbayev Beruniy tumaniga hokim etib tayinlangan, uning o‘rnida Bayram Karabayev boshqarma boshlig‘i v.v.b sifatida ishlab kelayotgan edi.

Top